Foydalanish shartlari
Xizmat
Kontent Factory YouTube kanallar uchun sun'iy intellekt yordamida videolar tayyorlaydi va kanal ko'rsatkichlarini kuzatishga yordam beradi. Tayyor videolar mijoz kabinetida ko'rsatiladi.
Obuna rejalari
- Monetizatsiyagacha: 600 000 so'm oyiga. Hali monetizatsiya qilinmagan kanallar uchun.
- Monetizatsiyalangan kanal: 500 000 so'm oyiga. Monetizatsiyadan o'tgan kanallar uchun.
- Monetizatsiyalangan kanal Pro: 800 000 so'm oyiga. Monetizatsiyalangan kanallar uchun, Google AdSense yordami bilan.
Obuna to'lov tasdiqlangandan keyin 30 kunga faollashadi. To'lov, rejani almashtirish va bekor qilish masalalari Telegram orqali hal qilinadi.
To'lov va faollashtirish
- Tarifni tanlaganingizdan keyin Telegram'ga buyurtma raqamini yuborasiz. To'lov rekvizitlari faqat Telegram'da beriladi, saytda yozilmaydi.
- To'lovdan keyin obunangizni 30 daqiqa ichida (09:00–22:00) faollashtiramiz. Shundan keyin kabinetda obuna holati "Faol" bo'ladi.
Pulni qaytarish
Birinchi video kanalingizga chiqquncha to'lov to'liq qaytariladi. Birinchi video kanalingizga chiqqanidan keyin to'lov qaytarilmaydi.
Kafolat yo'q
Monetizatsiyaga qabul qilish va kanal ko'rsatkichlari YouTube qarorlari va algoritmlariga bog'liq. Biz ko'rsatkichlarni oshirishga yordam beramiz, lekin aniq natija, daromad yoki monetizatsiyaga qabul qilinishini kafolatlamaymiz.
Mijoz majburiyatlari
- Kanal mijozga tegishli bo'lishi va YouTube qoidalariga mos yuritilishi kerak.
Videolarni joylash
- Obuna faol bo'lgan davrda tayyor videolar kanalingizga avtomatik joylanadi, har bir video uchun alohida tasdiq so'ralmaydi. Videolar joylanishidan oldin kabinetingizda ko'rinadi.
- AI yordamida yaratilgan videolar YouTube'ga "altered or synthetic content" (o'zgartirilgan yoki sintetik kontent) belgisi bilan joylanadi.
- Joylashni to'xtatish uchun Telegram orqali yozing yoki Google hisobingizda ruxsatni bekor qiling.
Ma'lumotlar
Ma'lumotlaringiz qanday ishlatilishi maxfiylik siyosatida yozilgan.